%A Shaymatov Elyor Shaxobiddin o'g'li %T IQTISODIYOTNING REAL SEKTOR KORXONALARIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH %D 2024 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5487 %K korxonalar moliya Sifat %X Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etsa, tahlil natijalariga asoslangan xulosalarni shakllantirish orqali korxonaning kelgusi yillarga mo‘ljallangan strategik qarorlarni qabul qilishda foydalanish mumkin. Sifatli o‘tkazilgan tahlil natijasida korxona faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli darajadagi xavf-xatar va risklarni oldindan ko‘ra olish, aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan strategik qarorlar qabul qilish, risklar darajasini kamaytirish maqsadida turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha diversifikatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bu tadbirlar esa oxiroqibat korxonalarni inqirozli holatlarda ko‘rishi mumkin bo‘lgan turli talafotlar darajasini qisqartirishga va bankrot bo‘lishning oldini olishga xizmat qiladi. %I "Research Science and Innovation house" LLC %L arxiv56754 %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5487) %J Journal of Universal Science Research