%L arxiv55231 %I "Research Science and Innovation house" LLC %J Journal of Universal Science Research %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/2330) %X Ushbu maqolada sut bezi faoliyatining boshqariluvida neyroimmunoendokrin tizimining ahamiyati bayon etilgan ilmiy adabiyotlar o‘rganib chiqildi va tahlil qilindi. Bu borada ko‘plab yangi ma’lumotlarning yig‘ilishi va tahlil qilinishi, tibbiyotning yangi tarmog‘i “Neyroimmunoendokrinologiya” ni dunyoga keltirdi. Bu fan organizmning normadagi ichki muhitining yoki turli patologik jarayonlardagi boshqariluvini o‘rganadi. Maqolada berilgan va tahlil qilingan ko‘plab misollar organizmda kechayotgan barcha jarayonlar nerv, immun va endokrin tizimning boshqaruvisiz sodir bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Shu sababli maqolada berilgan ma’lumotlar endokrinolog, akusher-ginekolog, onkolog, mammolog va boshqa barcha shifokorlarga turli patologik jarayonlarning sababi, mexanizmi, diagnostikasi, profilaktikasi va davolash ishlarida yaqindan yordam beradi. %K sut bezi, neyroimmunoendokrin boshqaruv, gomeostaz, karsinomalar. %T SUT BEZI FAOLIYATINING NEYROIMMUNOENDOKRIN BOSHQARILUVI %A Boyko‘ziyev X.X %A Boboyev A.I. %A Eraliev O.B %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/2330 %D 2023