%0 Journal Article %A o‘g‘li, Qurbonov Murodjon Normamat %D 2023 %F arxiv:54359 %I "Research Science and Innovation house" LLC %J Journal of Universal Science Research %T Surxon vohasining tabiiy geografiyasi %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/54359/ %X Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubida joylashgan. U o‘z ichiga Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi. Viloyat sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali o‘tadi. G‘arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ko‘hitang tog‘ining suvayirg‘ich qismidan o‘tadi. Janubda chegara Afg‘oniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.  %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/1586)