eprintid: 54207 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/05/42/07 datestamp: 2026-05-26 15:46:50 lastmod: 2026-05-26 15:46:50 status_changed: 2026-05-26 15:46:50 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: Xudoyqulova, Zebo creators_name: Abdurahimov, Ogʻabek creators_name: Kucharov, Aslbek creators_name: Abdusamadova, Ziyoda creators_name: Davlatov, Bekmurod creators_name: Uktamova, Soima title: IMMUN TIZIM VA KO‘KRAK BEZI SARATONI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK ispublished: pub subjects: immun tizim subjects: ko‘krak bezi saratoni subjects: immun javob subjects: T-limfotsitlar subjects: sitokinlar keywords: immun tizim; ko‘krak bezi saratoni; immun javob; T-limfotsitlar; sitokinlar note: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/512) abstract: Ko‘krak bezi saratoni rivojlanishida immun tizimning holati muhim biologik omillardan biri hisoblanadi. Inson organizmining immun tizimi o‘smaga qarshi tabiiy himoya mexanizmini ta’minlab, atipik hujayralarni aniqlash va yo‘q qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Biroq immun nazorat mexanizmlarining susayishi yoki o‘sma hujayralarining immun javobdan qochish qobiliyati saraton rivojlanishi va metastaz jarayonini tezlashtirishi mumkin. Mazkur tadqiqotda immun tizim komponentlari — T-limfotsitlar, B-limfotsitlar, tabiiy killer hujayralar hamda sitokinlarning ko‘krak bezi saratoni patogenezidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘sma mikro-muhiti va immun yallig‘lanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Zamonaviy immunoterapiya usullarining qo‘llanilishi saraton hujayralariga qarshi immun javobni kuchaytirish orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini berishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari immun tizim holatini baholash ko‘krak bezi saratonini erta prognoz qilish, individual davolash strategiyasini tanlash hamda kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. date: 2026-04-13 date_type: published publisher: South Aral Region Medical Journal official_url: http://journal.urdti.uz/index/article/view/512 id_number: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/512 full_text_status: none publication: South Aral Region Medical Journal citation: Xudoyqulova, Zebo, Abdurahimov, Ogʻabek, Kucharov, Aslbek, Abdusamadova, Ziyoda, Davlatov, Bekmurod, Uktamova, Soima (2026) IMMUN TIZIM VA KO‘KRAK BEZI SARATONI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK. South Aral Region Medical Journal.