%0 Journal Article %A Rahmonovna, Kenjayeva To’lg’onoy %A o’g’li, Tojiyev Abdulaziz Rasuljon %D 2023 %F arxiv:53445 %I "Research Science and Innovation house" LLC %J Journal of Universal Science Research %K patisson, ekish sxemasi, agrotexnikasi, tavsiya etiladigan navlar, ekish metodikasi. %T PATISSON ( Cucurbita pepo var. melopepo) O’SIMLIGINI EKISH TEXNOLOGIYASI VA PARVARISHLASH USULLARI %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/53445/ %X Qovoqdoshlar oilasi vakillarini poya tuzilishi bo’yicha 2 guruhga (tup hosil qiluvchi va palak otib o’suvchi guruhlarga) ajratish mumkin. Biz o’stirayotgan patisson o’simligi tup hosil qiluvchi guruhga kiradi. Patisson – qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlikdir. Meva eti sersuv. Patisson palagi tik o’suvchi, butasimon sershox o‘simlik hisoblanadi. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi va barg bandlari nisbatan yo‘g‘on. Barglari o‘rtacha kattalikda, dag‘al, 3 yoki 5 qirrali. Gullari yirik, rangi sariq rangda bo’lib, poyalarda yakka-yakka joylashadi. Mevasi — qovoqcha, mayda, shakli yulduzsimon va boshqa shakllarda bo’ladi. Yangi tukkan mevalari rangi och yashil, meva katta bo‘lgan sari rangi oqarib, ayrim mevalar yuzasida och yashil dog‘lar yoki tasmalar paydo bo‘lishi mumkin. Ularning 6-8 kunlik mevasi isteʼmol qilinadi. %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/956)