%0 Journal Article %A Umaraliyevna, Mardonova Lobar %D 2023 %F arxiv:53428 %I "Research Science and Innovation house" LLC %J Journal of Universal Science Research %K oqila, dono, qalbi mehr-muhabbatga to‘la, temuriy shahzoda malikalar, o‘z erini sevadigan, ma’rifatli ayol %T Temuriy malikalarning fojiaviy taqdirlari tasviri %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/53428/ %X “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasining Amir Temur haqida yozilgan boshqa ko‘pgina asarlardan farqli bir tomoni bor:  asarda sohibqiron oilasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Adibga bu ish oson bo‘lmagani aniq, negaki, o‘sha paytdagi urf-odat, qolaversa, islomiy aqidaga ko‘ra birovning oilasi, ahli ayoli to‘g‘risida yozish odob qoidalarigi tamoman zid sanalgan. Shunday bo‘lsa-da, faqat shu xonadonga yaqin bo‘lgan, bevosita Amir Temur yoki temuriylarning xohishiga ko‘ra tanlangan muarrixlarning asarlarida oz bo‘lsa-da, ma’lumotlar mavjud. G‘arb tarixchilari asarlarida ma’lumotlarning ko‘pligiga sabab ular temuriy malikalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan yoki ma’lum muddat Amir Temur istagiga ko‘ra saroyda xizmat qilishgan. Tetralogiya adabiyotimizdagi mana shu bo‘shliqni to‘ldirganligi bilan alohida qadr-qimmatga ega. Asarda kitobxon shu paytga qadar nomlarini ham eshitmagan tarixiy shaxslar– temuriy malikalar haqida juda muhim  tarixiy-ilmiy dalillar mavjud. %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/930)