eprintid: 53266 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/05/32/66 datestamp: 2026-05-26 15:46:13 lastmod: 2026-05-26 15:46:13 status_changed: 2026-05-26 15:46:13 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: R, Masharipov K. creators_name: Z.O, Egamberganova title: JAMOAT SALOMATLIGINI SAQLAShDA FUQARO MUHOFAZASINING ROLI ispublished: pub note: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/388) abstract: Jamoat salomatligini ta’minlashda fuqaro muhofazasi tizimi muhim ijtimoiy va davlatchilik ahamiyatiga ega. Tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar va epidemiologik tahdidlar sharoitida aholining hayoti va sog‘ligini himoya qilish, tibbiy yordamni tashkil etish hamda xavfsiz muhitni ta’minlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Fuqaro muhofazasi tizimi jamoat salomatligi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, aholini evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, epidemiyalar tarqalishini cheklash va psixologik barqarorlikni ta’minlash orqali aholining umumiy sog‘lig‘ini muhofaza qiladi. Fuqaro muhofazasi nafaqat favqulodda vaziyatlarda, balki jamiyatning uzoq muddatli sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Jamoat salomatligi – aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, turli xavf-xatarlardan asrash va sifatli hayot tarzini ta’minlashga qaratilgan tizimli jarayondir. Bu jarayonda fuqaro muhofazasi alohida o‘rin tutadi. Chunki tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar va epidemiologik tahdidlar sharoitida aholining xavfsizligini ta’minlash hamda tibbiy-sanitariya xizmatini tashkil qilish davlat va jamiyat oldidagi ustuvor vazifa hisoblanadi. date: 2026-02-20 date_type: published publisher: South Aral Region Medical Journal official_url: http://journal.urdti.uz/index/article/view/388 id_number: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/388 full_text_status: none publication: South Aral Region Medical Journal citation: R, Masharipov K., Z.O, Egamberganova (2026) JAMOAT SALOMATLIGINI SAQLAShDA FUQARO MUHOFAZASINING ROLI. South Aral Region Medical Journal.