relation: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/53189/ title: “ER MALHAMI” BIOOʻGʻITLARIDAN FOYDALANISHDA ATROF MUHIT OBYEKTLARINI IFLOSLANISHINI GIGIYENIK BAHOLASH creator: F.I.Salomova creator: G.F.Sherkuziyeva description: Maqolada “Er Malhami” biooʻgʻitidan foydalanilganda atrof muhitni ifloslanishiga gigiyenik baho berish natijalari keltirilgan. Urugʻlarni qayta ishlash va ekish paytida olingan havo namunalaridagi ifloslanish darajasi mos ravishda 2,1±0,14 mg/m3 va 1,8±0,15 mg/m3 ni tashkil etgan. Sugʻorish vaqtida ishchi maydon havosida “Er Malhami” ning konsentratsiyasi 1,5±0,13 mg/m3 ni tashkil etgan. Ishchi eritmalarni tayyorlash bilan shugʻullanadigan ishchilarning qoʻl va yuzlaridan olingan surtmalarda sezilarli darajada ifloslanish aniqlangan (bu 100 sm2 sirt uchun 31,4±0,21 va 10,1±0,25 mg). Ishchilarning burun va halqum shilliq qavatidan olingan surtmalarda preparat 0,35±0,018 mg, ogʻiz shilliq qavatida esa 0,21±0,010 mg miqdorida aniqlandi. 10 kun ichida ishlov berilgan dalalardan olingan tuproq namunalarida “Er malhami” 10,7 dan 0,3 g/kg gacha, dala chetidagi tuproq namunalarida esa 0,9 dan 0,11 mg/kg gacha saqlanishi aniqlandi. Sugʻorish ariqlaridagi suvda preparat qoʻllanilgan kunida 4,2 mg/l gacha  aniqlangan boʻlib,  3-chi kunga kelib "Er malhami" eng kam miqdorda (0,1 mg/l) aniqlangan publisher: South Aral Region Medical Journal date: 2026-02-18 type: Maqola type: NonPeerReviewed identifier: F.I.Salomova, G.F.Sherkuziyeva (2026) “ER MALHAMI” BIOOʻGʻITLARIDAN FOYDALANISHDA ATROF MUHIT OBYEKTLARINI IFLOSLANISHINI GIGIYENIK BAHOLASH. South Aral Region Medical Journal. relation: http://journal.urdti.uz/index/article/view/367 relation: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/367 identifier: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/367