%0 Journal Article %A Kozibayevna, Muhabbat Baltabayeva %D 2024 %F arxiv:52708 %I Center for Tech and Media Research %J Multidisciplinary Journal of Science and Technology %T ASARLARDA SINONIMLIK HODISASI %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/52708/ %X Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi sinonimlardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.  Ba’zi sinonim so‘zlarning ma’nosini farqlash birmuncha murakkab bo‘ladi. Hatto adabiy nutqni yaxshi biladigan, sinonimlarni to‘g‘ri tanlab, ularni maqsadga muvofiq ishlata oluvchi kishilar ham ko‘pincha sinonimik so‘zlar ottenkalaridagi tafovutlarni tushuntirishda ojizlik qilishlari mumkin. Masalan, bir sinonimik qatordagi iflos, isqirt, irkit, isliqi, iqna so‘zlarining ma’no nozikliklarini osongina izohlab berish qiyin. Sinonim so‘zlarning ma’no qirralarini to‘g‘ri anglash va o‘z o‘rnida qo‘llash ularning qanday so‘zlar bilan birikib kela olishi imkoniyatlarini ham hisobga olishni talab etadi. Masalan, qasamyod, qasam, ont; qasamyod qilmoq, qasam ichmoq, ont ichmoq. Qasam qilmoq, ont qilmoq deb bo‘lmaganidek, qasamyod ichmoq ham deyilmaydi. %Z Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/663)