    {
      "date": "2026-02-16",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/52705",
      "type": "article",
      "full_text_status": "none",
      "id_number": "oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/332",
      "userid": 1,
      "official_url": "http://journal.urdti.uz/index/article/view/332",
      "subjects": [
        "metabolik sindrom",
        "bolalar",
        "o\u2018smirlar",
        "semirish",
        "insulin rezistentligi"
      ],
      "ispublished": "pub",
      "metadata_visibility": "show",
      "date_type": "published",
      "note": "Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/332)",
      "rev_number": 1,
      "datestamp": "2026-05-26 15:45:48",
      "publisher": "South Aral Region Medical Journal",
      "keywords": "metabolik sindrom; bolalar; o\u2018smirlar; semirish; insulin rezistentligi",
      "sword_depositor": 1,
      "dir": "disk0/00/05/27/05",
      "publication": "South Aral Region Medical Journal",
      "lastmod": "2026-05-26 15:45:48",
      "eprint_status": "archive",
      "status_changed": "2026-05-26 15:45:48",
      "title": "BOLALAR VA O\u2018SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI",
      "abstract": "Bugungi kunda bolalar va o\u2018smirlar orasida metabolik sindrom (MS) tarqalishining ortib borishi global miqyosdagi dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralmoqda. Ilgari faqat kattalar orasida uchraydigan ushbu patologik holat hozirgi kunda yosh avlod salomatligiga jiddiy xavf tug\u2018dirmoqda. Bolalik davrida noto\u2018g\u2018ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, stress va ekologik omillar metabolik buzilishlarning erta rivojlanishiga sabab bo\u2018lmoqda. So\u2018nggi yillarda o\u2018tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar semirish, arterial gipertenziya, dislipidemiya va insulin rezistentligi holatlarining ko\u2018payganini tasdiqlaydi.\nTadqiqot natijalari shuni ko\u2018rsatadiki, metabolik sindrom rivojlanishida genetik moyillik bilan bir qatorda, ovqatlanish xususiyatlari, gipodinamiya va perinatal davrdagi oziqlanish buzilishlari muhim rol o\u2018ynaydi. Ayniqsa, homila davrida yoki erta bolalikda oziqa moddalarning yetishmovchiligi mitoxondrial faoliyatning pasayishiga, keyinchalik esa insulin sekresiyasi va yog\u2018 almashinuvi buzilishlariga olib keladi. Shuningdek, adenovirusli infeksiya, abdominal semirish va gormonal disbalanslar MS patogenezining muhim bo\u2018g\u2018inlari sifatida qaraladi. Zamonaviy pediatriyada MS diagnostikasi uchun yagona mezonlar tizimi hali to\u2018liq shakllanmagan bo\u2018lsa-da, IDF (2005, 2007) tavsiyalariga ko\u2018ra abdominal semirish asosiy diagnostik belgi sifatida e\u2019tirof etiladi. Shu bilan birga, insulin rezistentligi, dislipidemiya va arterial gipertenziya kabi laborator va klinik ko\u2018rsatkichlarning majmuaviy bahosi eng ishonchli yondashuv hisoblanadi.\nMetabolik sindromning erta aniqlanishi, xavf omillarini bartaraf etish va bolalikdan sog\u2018lom turmush tarzini shakllantirish kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tur diabet va boshqa xronik patologiyalarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu sindromning patogenezini chuqur o\u2018rganish, erta diagnostika mezonlarini takomillashtirish hamda samarali profilaktik strategiyalarni ishlab chiqish zamonaviy pediatriyaning eng ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri hisoblanadi.",
      "creators": [
        {
          "name": {
            "given": "Faniya",
            "honourific": null,
            "family": "Babadjanova",
            "lineage": null
          }
        },
        {
          "name": {
            "family": "Muyassar",
            "lineage": null,
            "given": "Sultanova",
            "honourific": null
          }
        }
      ],
      "eprintid": 52705
    }