relation: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/52448/ title: SURUNKALI XOLESISTIT RIVOJLANISHIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I MIKROBIOTASINING O‘RNI creator: Usmanov, Ulug’bek creator: Allaberganova, Zumrad description: Maqolada ogʻiz boʻshligʻi mikrobiotasining (xususan, parodont patogenlari va boshqa anaeroblar) oʻt pufagi hamda oʻt yoʻllari yalligʻlanishi — xolesistit rivojlanishidagi ehtimoliy roli va bogʻliqligi tahlil qilindi. Natijalar ogʻiz mikroblarining gematogen, limfogen va enterogepatik yoʻllar orqali biliar tizimga yetib borishi, safro kislotalari va mikroblar oʻzaro taʼsiri, lipopolisaxaridlar orqali Toll-like receptors (TLR), NOD-simon retseptorlar oilasi, pirin domenini tutuvchi 3 (NLRP3) inflammasoma faollashuvi hamda ichak–jigar–o‘t yo‘llari (biliar) tizimi (GLB) orqali sistemik yalligʻlanish fonida xolesistit xavfini oshirishini koʻrsatadi. Klinik va molekulyar izlanishlar baʼzi ogʻiz bakteriyalari (masalan, Porphyromonas gingivalis, Fusobacterium nucleatum) DNKsining oʻt pufagi suyuqligi va toshlaridan topilganini bildiradi, biliar infeksiyalarda esa aralash aerob–anaerob floraning roli qayd etilgan. Xulosalar parodontal salomatlikni yaxshilash, mikrobiota modulyatsiyasi (gigiyena, probiotiklar, antibiotiklar oqilona qoʻllanilishi) va xolesistit profilaktikasi oʻrtasidagi uzviy bogʻlanishga eʼtibor qaratadi. Kelgusida koʻlamli prospektiv guruhlar, metagenomika va metabolomika asosidagi ishlar muammoga yanada oydinlik kiritadi. publisher: South Aral Region Medical Journal date: 2026-02-14 type: Maqola type: NonPeerReviewed identifier: Usmanov, Ulug’bek, Allaberganova, Zumrad (2026) SURUNKALI XOLESISTIT RIVOJLANISHIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I MIKROBIOTASINING O‘RNI. South Aral Region Medical Journal. relation: http://journal.urdti.uz/index/article/view/277 relation: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/277 identifier: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/277