eprintid: 52298 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/05/22/98 datestamp: 2026-05-26 15:41:58 lastmod: 2026-05-26 15:42:00 status_changed: 2026-05-26 15:41:58 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: Kenjayeva, To‘lg‘onoy creators_name: Nurmatov, Norqobil creators_name: Baymirov, Abdumalik title: PATISSON F1 DURAGAYLARINING IRSIYLANISH QONUNIYATLARI ispublished: pub subjects: geterozis keywords: geterozis note: Imported from Agroinnovatsiya (OAI id oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/238) abstract: F1 duragaylarining asosiy xususiyatlari- geterozis effekti (geterozis) F1duragaylar ko‘pincha ota-onalariga qaraganda kuchliroq o‘sadi, yuqori hosildorlikka ega bo‘ladi, kasalliklarga chidamliroq bo‘ladi. Barqarorlik faqat birinchi avlodda bo‘ladi. F2 avlod –bu F1 duragaylarni o‘zaro chatishtirish (yoki o‘z-o‘zini changlatish) natijasida hosil bo‘ladigan ikkinchi avloddir. Seleksiya va genetika tadqiqotlarida aynan F2 avlod eng muhim bosqich hisoblanadi, chunki belgilar aynan shu avlodda ajraladi. Irsiylanish qonuniyatlari (Mendel qonunlari asosida): F1duragaylar ikkita sof chiziqli (gomozigota) ota-onaning chatishtirilishidan hosil  bo‘ladi. Bir xil belgining ustunligi (dominantlik): masalan, patissonning oq rangi dominant (A), sariq rangi retsessiv (a) bo‘lsa: Ota: AA (oq rangli patisson) Ona: aa (sariq rangli patisson) F1 avlod: Aa → oq rang bo‘ladi, chunki A dominant. Ajralish qonuni asosida F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa (Aa × Aa), F2 avlodda: genotiplar: 1 AA : 2 Aa : 1 aa fenotiplar: 3 oq : 1 sariq (agar A dominant bo‘lsa) ya’ni, F1 duragaylaridan olingan urug‘lar (ya’ni F2 avlod) ota-onasining belgilarini aniq takrorlamaydi. F2 avlodda belgilar tarqoq bo‘ladi. date: 2026-03-14 date_type: published publisher: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti official_url: https://agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/238 id_number: oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/238 full_text_status: none publication: AGROINNOVATSIYA citation: Kenjayeva, To‘lg‘onoy, Nurmatov, Norqobil, Baymirov, Abdumalik (2026) PATISSON F1 DURAGAYLARINING IRSIYLANISH QONUNIYATLARI. AGROINNOVATSIYA.