%X F1 duragaylarining asosiy xususiyatlari- geterozis effekti (geterozis) F1duragaylar ko‘pincha ota-onalariga qaraganda kuchliroq o‘sadi, yuqori hosildorlikka ega bo‘ladi, kasalliklarga chidamliroq bo‘ladi. Barqarorlik faqat birinchi avlodda bo‘ladi. F2 avlod –bu F1 duragaylarni o‘zaro chatishtirish (yoki o‘z-o‘zini changlatish) natijasida hosil bo‘ladigan ikkinchi avloddir. Seleksiya va genetika tadqiqotlarida aynan F2 avlod eng muhim bosqich hisoblanadi, chunki belgilar aynan shu avlodda ajraladi. Irsiylanish qonuniyatlari (Mendel qonunlari asosida): F1duragaylar ikkita sof chiziqli (gomozigota) ota-onaning chatishtirilishidan hosil  bo‘ladi. Bir xil belgining ustunligi (dominantlik): masalan, patissonning oq rangi dominant (A), sariq rangi retsessiv (a) bo‘lsa: Ota: AA (oq rangli patisson) Ona: aa (sariq rangli patisson) F1 avlod: Aa → oq rang bo‘ladi, chunki A dominant. Ajralish qonuni asosida F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa (Aa × Aa), F2 avlodda: genotiplar: 1 AA : 2 Aa : 1 aa fenotiplar: 3 oq : 1 sariq (agar A dominant bo‘lsa) ya’ni, F1 duragaylaridan olingan urug‘lar (ya’ni F2 avlod) ota-onasining belgilarini aniq takrorlamaydi. F2 avlodda belgilar tarqoq bo‘ladi. %I Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti %L arxiv52298 %O Imported from Agroinnovatsiya (OAI id oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/238) %J AGROINNOVATSIYA %T PATISSON F1 DURAGAYLARINING IRSIYLANISH QONUNIYATLARI %A To‘lg‘onoy Kenjayeva %A Norqobil Nurmatov %A Abdumalik Baymirov %R oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/238 %D 2026 %K geterozis