%T YUMSHOQ BUG‘DOYNING KOLLEKSIYA KO‘CHATZORI NAMUNALARINING QIMMATLI-XO‘JALIK BELGILARI BO‘YICHA O‘RGANISH VA TANLASH NATIJALARI %A Nemat Umirov %A Dilmuxammad Xalikulov %D 2025 %R oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/220 %K Yumshoq bug‘doy; kolleksiya ko‘chatzori; o‘suv davri; o‘simlik bo‘yi; don hosildorligi %X Ushbu maqolada Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining sug‘oriladigan maydonlarida 2025-yilda o‘tkazilgan dala tajribalari asosida CIMMYT xalqaro markazidan keltirilgan 58th IBWSN kolleksiya ko‘chatzorining 230 ta yumshoq bug‘doy namunalari o‘rganildi. Tadqiqotda namunalarning fenologik rivojlanish davrlari, o‘simlik bo‘yi va don hosildorligi bo‘yicha tahlillar olib borildi. Natijada mahalliy agroekologik sharoitlarga mos, ertapishar, kalta poyali va yuqori hosildor genotiplar aniqlanib, seleksiya jarayonining keyingi bosqichlari uchun tavsiya etildi. %L arxiv52193 %I Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti %O Imported from Agroinnovatsiya (OAI id oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/220) %J AGROINNOVATSIYA