eprintid: 52178 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/05/21/78 datestamp: 2026-05-26 15:40:16 lastmod: 2026-05-26 15:40:18 status_changed: 2026-05-26 15:40:16 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: Masharipova, Saboxat creators_name: Babadjanova, Shoira title: BARIATRIK JARROHLIKDAN KEYINGI GEMATOLOGIK KO‘RSATKICHLARNI O`ZIGA XOS XUSUSYATLARI ispublished: pub subjects: Bariatrik jarrohlik subjects: Gematologik ko‘rsatkichlar subjects: Eritrotsitar indekslar subjects: Mikrotsitar tendensiyalar subjects: Gemoglobin keywords: Bariatrik jarrohlik; Gematologik ko‘rsatkichlar; Eritrotsitar indekslar; Mikrotsitar tendensiyalar; Gemoglobin note: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/215) abstract: Bariatrik jarrohlik og‘ir semizlikni davolashda samarali usul bo‘lishiga qaramay, operatsiyadan keyingi davrda metabolik va gematologik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar ko‘pincha klinik belgilar paydo bo‘lishidan oldin laborator ko‘rsatkichlar darajasida aniqlanadi. Ayniqsa eritrotsitar indekslarning dinamikasi mikrotsitar va gipoxrom anemiya shakllanishining erta belgilarini baholashda muhim ahamiyatga ega.Mazkur tadqiqot bariatrik jarrohlikdan so‘ng gematologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Surgeland klinikasida 2025-yilda bariatrik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan 120 nafar bemorni qamrab oldi. Barcha bemorlarda umumiy qon tahlillari jarrohlikdan oldin va jarrohlikdan keyin bir xil sharoitlarda o‘tkazildi. Gemoglobin, gematokrit, eritrotsit rang ko‘rsatkichi, o‘rtacha eritrotsit hajmi, eritrotsitdagi gemoglobinning o‘rtacha miqdori hamda eritrotsitlar o‘lchamlarining taqsimlanish kengligi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.Olingan natijalar bariatrik jarrohlikdan keyingi davrda eritrotsitar indekslar darajasida muhim o‘zgarishlar yuzaga kelishini ko‘rsatadi hamda mikrotsitar tendensiyalarni erta aniqlashda laborator monitoringning ahamiyatini tasdiqlaydi date: 2026-02-08 date_type: published publisher: South Aral Region Medical Journal official_url: http://journal.urdti.uz/index/article/view/215 id_number: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/215 full_text_status: none publication: South Aral Region Medical Journal citation: Masharipova, Saboxat, Babadjanova, Shoira (2026) BARIATRIK JARROHLIKDAN KEYINGI GEMATOLOGIK KO‘RSATKICHLARNI O`ZIGA XOS XUSUSYATLARI. South Aral Region Medical Journal.