%0 Journal Article %A Fayzullayev, Utkir %A Shaydullayeva, Sabrina %D 2025 %F arxiv:52022 %I Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti %J AGROINNOVATSIYA %K Gledichiya triacanthos; daraxt; hususiyatlari; dekorativ; obodonlashtirish; daraxt %T GLEDICHAYA (TIKAN DARAXT) OʻSIMLIGINING ASOSIY HUSUSIYATLARI %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/52022/ %X Gledichiya (tikan daraxt) (Gleditsia triacanthos L.) – dukkakdoshlar oilasiga mansub daraxt hisoblanadi.  U manzarali va xoʻjalik ahamiyatiga ega  bo‘lgan oʻsimliklardan biri hisoblanib, tez oʻsuvchi, qurgʻoqchilikka chidamli hamda tuproq  sharoitiga qarab, bo‘yi  20–25 metrgacha  o‘sishi mumkin. Barglari murakkab patsimon tuzilgan,  gullari mayda va sargʻish-yashil rangda, asosan may-iyun oylarida gullaydi. Mevasi uzunchoq qiyshiq dukkak shaklida bo‘ladi. Gledichiya tuproqning shoʻrlanishiga va qurgʻoqchilikka chidamli boʻlib u shamol eroziyasiga qarshi ixotazorlar barpo etish uchun ham, yashil hududlarni obodonlashtirish uchun ham keng qoʻllaniladi. Uning yogʻochi o‘zakli, qattiq bo‘lib, o‘zagining rangi pushti-sariq, o‘zak tevaragi esa sarg‘ish rangda. Yog‘ochi duradgorchilik sohasida keng ko‘lamda  ishlatiladi.Shu bilan birga undan ishbop qurilish materiallari ham olinadi. %Z Imported from Agroinnovatsiya (OAI id oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/195)