%0 Journal Article %A G.R.Atoyeva %A Z.A.Jabbarov %A F.Qurbonov %D 2025 %F arxiv:51809 %I Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti %J AGROINNOVATSIYA %K maishiy chiqindixona; og‘ir metallar; tuproq; o‘simlik; tuproq xossalari %T MAISHIY CHIQINDIXONA ATROFI TUPROQ VA O‘SIMLIKLARI TARKIBIDA OG‘IR METALLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/51809/ %X Ushbu tadqiqotda maishiy chiqindixona atrofida joylashgan tuproqlarda rux, mishyak va kadmiy elementlarining klark konsentratsiyasi (Kk) hamda klark tarqalish koeffitsienti (Kt) o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Zn elementi uchun Kk qiymatlari asosan 1 dan past bo‘lib, tuproqda bu elementning tabiiy fon darajasida ekanligi kuzatildi. As elementi ayrim kesmalarda 1 dan yuqori Kk qiymatini ko‘rsatib, mahalliy ifloslanish manbalarini aks ettiradi. Cd elementi esa eng faol migratsiyaga ega bo‘lib, Kt qiymatining 2 dan 6,5 gacha o‘zgarishi Cd ning tuproq qatlamlari bo‘yicha notekis va harakatchan ekanligini bildiradi. Olingan ma’lumotlar asosida, chiqindixona atrofi tuproqlarida Zn, As va Cd elementlarining konsentratsiyasi tabiiy fon bilan solishtirganda o‘rtacha darajadagi antropogen ta’sir mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Cd elementining yuqori tarqalish koeffitsienti biologik zanjir (tuproq–o‘simlik–inson) orqali ekologik xavf tug‘dirishi mumkin. Shunday qilib, klark ko‘rsatkichlarining tahlili maishiy chiqindixonalar atrofidagi og‘ir metall ifloslanishining monitoring tizimini shakllantirish va tuproqni rekultivatsiya qilish strategiyasini belgilash uchun ilmiy asos yaratadi. %Z Imported from Agroinnovatsiya (OAI id oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/163)