%X Ushbu tadqiqotda Orolbo‘yi ekologik hududida yashovchi ayollar orasida qalqonsimon bez faoliyatining buzilishlari — gipotireoz va gipertireoz holatlarining klinik-biokimyoviy xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot 20–55 yosh oralig‘idagi 180 nafar ayol ishtirokida o‘tkazildi. Qalqonsimon bez gormonlari (T3, T4, TSH, AT-TPO) darajasi, ultratovush natijalari va klinik belgilar tahlil qilindi. Natijalar Orolbo‘yi ayollarida gipotireoz holati 36,2%, gipertireoz esa 18,7% ni tashkil etishini ko‘rsatdi. Gormonlar o‘zgarishlari ekologik stress omillari bilan bevosita bog‘liqligi aniqlanib, sog‘lomlashtirish va yod profilaktikasi bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi %J South Aral Region Medical Journal %O Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/111) %I South Aral Region Medical Journal %L arxiv51420 %D 2026 %R oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/111 %T OROLBO‘YI HUDUDIDA YASHOVCHI AYOLLARDA QALQONSIMON BEZ DISFUNKSIYALARINING KLINIK-BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI VA ULARNING SOG‘LOMLASHTIRISH STRATEGIYALARI %A Hulkar Masharipova %K qalqonsimon bez; gipotireoz; gipertireoz; T3; T4