    {
      "title": "YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI, XUSUSAN MITRAL YURAK NUQSONI BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA OG\u2018IZ BO\u2018SHLIGINING STOMATOLOGIK HOLATI",
      "status_changed": "2026-05-26 15:30:38",
      "abstract": "Yurak-qon tomir kasalliklari va og\u2018iz bo\u2018shlig\u2018i patologiyalari o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlik so\u2018nggi yillarda klinik va ilmiy jamoatchilik e\u2019tiborida bo\u2018lib, ushbu ikki tizimning patofiziologik aloqalari chuqur o\u2018rganilmoqda. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, jumladan arterial gipertenziya, ateroskleroz hamda yurak klapanlarining organik nuqsonlari, global sog\u2018liqni saqlash tizimi uchun eng dolzarb muammolardan biri bo\u2018lib qolmoqda. Og\u2018iz bo\u2018shlig\u2018i kasalliklari ichida kariyes, ildiz cho\u2018qqisi periodontiti va xususan surunkali parodontit yuqori tarqalish ko\u2018rsatkichlariga ega bo\u2018lib, ular ko\u2018pincha sistemik yallig\u2018lanish reaksiyasining surunkali manbai sifatida namoyon bo\u2018ladi. Shu nuqtayi nazardan, stomatologik aralashuvlar yoki oddiy gigiyena manipulyatsiyalari vaqtida bakteriyemiya yuzaga kelishi va natijada kasallikka moyil bo\u2018lgan bemorlarda yuqumli endokardit rivojlanish ehtimoli ortishi ilmiy asoslangan fakt hisoblanadi. Mitral klapan nuqsoni bo\u2018lgan bemorlarda og\u2018iz bo\u2018shlig\u2018i salomatligining buzilishi ko\u2018pincha parodont destruksiyasi va odontogen infektsiyalar bilan kechib, ularning yurak klapanlari integritetiga bevosita xavf tug\u2018diradi. Ushbu sharhda mitral klapan nuqsoniga ega bemorlarning og\u2018iz bo\u2018shlig\u2018i holatini tavsiflovchi zamonaviy adabiyotlar tahlil qilinadi. Maqsad \u2014 ushbu bemorlar guruhida og\u2018iz bo\u2018shlig\u2018ida kuzatiladigan o\u2018ziga xos morfofunksional va yallig\u2018lanish o\u2018zgarishlarini ilmiy manbalar asosida chuqur tahlil qilish.",
      "creators": [
        {
          "name": {
            "honourific": null,
            "given": "Dono",
            "lineage": null,
            "family": "Alimova"
          }
        },
        {
          "name": {
            "lineage": null,
            "family": "Mustagizova",
            "given": "Feruza",
            "honourific": null
          }
        },
        {
          "name": {
            "given": "Nazokat",
            "honourific": null,
            "lineage": null,
            "family": "Shoikromova"
          }
        }
      ],
      "eprintid": 51322,
      "keywords": "bakteriyemiya; yuqumli endokardit; mitral klapan nuqsoni; parodontit; odontogen infektsiya",
      "sword_depositor": 1,
      "dir": "disk0/00/05/13/22",
      "lastmod": "2026-05-26 15:30:39",
      "publication": "South Aral Region Medical Journal",
      "eprint_status": "archive",
      "publisher": "South Aral Region Medical Journal",
      "rev_number": 1,
      "datestamp": "2026-05-26 15:30:38",
      "ispublished": "pub",
      "date_type": "published",
      "metadata_visibility": "show",
      "note": "Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/105)",
      "userid": 1,
      "official_url": "http://journal.urdti.uz/index/article/view/105",
      "subjects": [
        "bakteriyemiya",
        "yuqumli endokardit",
        "mitral klapan nuqsoni",
        "parodontit",
        "odontogen infektsiya"
      ],
      "type": "article",
      "full_text_status": "none",
      "id_number": "oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/105",
      "date": "2026-02-06",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/51322"
    }