%X Sogʼliqni saqlash tizimida oʼtkir diareya kasalliklari bolalarda noxush va ogʼir asoratlarga olib kelishi mumkinligi sababli sogʼliqni saqlash tizimida ustivor yoʼnalishlardan birini tashkil etadi. Immunologik tekshiruvlar davomida ichak infektsiyalari bilan ogʼrigan bolalarning xoʼjayraviy va gumoral immunitet tizimida aniqlangan diskoordinatsion oʼzgarishlar, limfotsitlarning nisbiy va absolyut ishonchli ortishi, СD3 – limfotsitlar va ularning immun boshqaruvchisi СD4 – limfotsitlar subpopulyatsiyalari, СD8– limfotsitlar va СD16 –sitoksin xoʼjayralarining nisbiy va absolyut tanqisligi bilan xarakterlangan. Ichburugʼ va noaniq etiologiyali ichak infektsiyalari bilan ogʼrigan bemor bolalarda СD20 – limfotsitlarning ishonchli ortganligi aniqlangan. Bemor bolalarda IgA va IgG zardob immunoglubinlarining tanqisligi va aksincha IgM zardob immunoglobulinining ortishi kuzatilgan. %I South Aral Region Medical Journal %L arxiv50679 %O Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/49) %J South Aral Region Medical Journal %A Mukarram Shadjalilova %A Gulbahor Sharapova %A Zuxra Xalilova %T OʼTKIR DIАREYA BILАN KАSАLLАNGАN BOLАLАRDА IMMUN TIZIMIMINING XUSUSIYATLАRI %R oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/49 %D 2026 %K oʼtkir diareya kasalliklari