    {
      "note": "Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/24)",
      "date_type": "published",
      "metadata_visibility": "show",
      "ispublished": "pub",
      "subjects": [
        "prenatal stress",
        "oq kalamushlar",
        "bosh miya qadoqsimon tanasi",
        "postnatal ontogenez"
      ],
      "official_url": "http://journal.urdti.uz/index/article/view/24",
      "userid": 1,
      "id_number": "oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/24",
      "full_text_status": "none",
      "type": "article",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/50362",
      "date": "2026-02-02",
      "eprintid": 50362,
      "creators": [
        {
          "name": {
            "given": "G\u2018ayrat",
            "honourific": null,
            "family": "Polvonov",
            "lineage": null
          }
        },
        {
          "name": {
            "family": "Adilbekova",
            "lineage": null,
            "given": "Dilorom",
            "honourific": null
          }
        },
        {
          "name": {
            "honourific": null,
            "given": "Malohat",
            "lineage": null,
            "family": "Nazarova"
          }
        }
      ],
      "abstract": "Mazkur maqolada prenatal stress omillarining bosh miyaning asosiy komissural strukturasi hisoblangan qadoqsimon tananing (corpus callosum) postnatal ontogenez davomida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o\u2018zgarishlariga ta\u2019siri o\u2018rganilgan. Tadqiqot uchun tajriba hayvonlari sifatida kalamushlar tanlanib, ularning homilador urg\u2018ochilari maxsus stress holatlari (immobilizatsiya, shovqin va yorug\u2018lik o\u2018zgarishlari)ga duchor qilingan. Natijada yuzaga kelgan prenatal stress omillarining avlodlarida qadoqsimon tananing postnatal rivojlanish dinamikasiga ta\u2019siri turli yosh bosqichlarida (1-, 7-, 14-, 21- va 30-kunlarda) morfologik va morfometrik usullar orqali tahlil qilindi.Olingan natijalar prenatal stress qadoqsimon tana rivojlanishiga sezilarli ta\u2019sir ko\u2018rsatishini ko\u2018rsatdi. Xususan, bu strukturada miya yarimsharlari orasidagi nerv tolalari miqdorining kamayishi, aksonlarning ingichkalashuvi, mielin qavatining noyetukligi va neyroglial hujayralarning giperaktivligi bilan ifodalangan o\u2018zgarishlar aniqlangan. Morfometrik ko\u2018rsatkichlarda esa qadoqsimon tananing qalinligi, uzunligi va transversal kesimidagi yuzasi stressga uchragan guruhlarda nazorat guruhiga nisbatan ancha kichik bo\u2018lgan. Ushbu o\u2018zgarishlar markaziy asab tizimining funksional integratsiyasiga va kognitiv faoliyatlarga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin.Mazkur tadqiqot prenatal davrdagi stressning miyaning muhim strukturaviy birliklaridan biri bo\u2018lgan qadoqsimon tanaga rivojlanish bosqichlarida qanday ta\u2019sir qilishini aniqlashga qaratilgan bo\u2018lib, perinatal stressning neyroanatomik oqibatlarini tushunishda muhim ilmiy asos vazifasini bajaradi. Tadqiqot natijalari stress bilan bog\u2018liq neyro-rivojlanish buzilishlari, ayniqsa autizm spektri va diqqat yetishmovchiligi sindromlari kabi holatlarning kelib chiqish mexanizmlarini chuqurroq anglash uchun asos bo\u2018la oladi.",
      "status_changed": "2026-05-26 15:23:00",
      "title": "PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG\u2018ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O\u2018ZGARISHLARI",
      "eprint_status": "archive",
      "publication": "South Aral Region Medical Journal",
      "lastmod": "2026-05-26 15:23:02",
      "dir": "disk0/00/05/03/62",
      "sword_depositor": 1,
      "keywords": "prenatal stress; oq kalamushlar; bosh miya qadoqsimon tanasi; postnatal ontogenez",
      "publisher": "South Aral Region Medical Journal",
      "datestamp": "2026-05-26 15:23:00",
      "rev_number": 1
    }