%X Sug‘orish rejimi tuproqni ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % bo‘lgan sharoitda o‘stirilgan g‘o‘zalarning hosildorligi 75-75-60 % rejimda sug‘orilgan variantlardagi hosildorlikka nisbatan tajribalar o‘tkazilgan yillarda yuqori bo‘lishligi hisobga olindi. 70-70-60 % sug‘orish rejimida tup qalinligi va o‘g‘itlarning o‘zaro nisbatiga bog‘liq holda o‘rtacha 35,4-40,5 s/ga hosil olingan bo‘lsa, 75-75-60 % sug‘orish rejimida hosildorlik variantlar bo‘yicha o‘rtacha 33,5-36,5 s/ga ni tashkil etdi. Tajriba variantlaridan terib olingan paxta hosilida tolaning mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3-4,5 ni tashkil etib, 75-75-60 % sug‘orish rejimiga nisbatan 70-70-60 % rejimda sug‘orilgan variantlardan terib olingan paxta tolasining mikroneyr ko‘rsatkichi bir oz yuqoriligi aniqlandi %L arxiv50109 %I Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti %J AGROINNOVATSIYA %O Imported from Agroinnovatsiya (OAI id oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/7) %A Jumanov Dilshod Toshtemirovich %A Ch.M.Imomov %A S.O.Tojiyeva %T AGROTEXNIK OMILLARNI UYG’UNLASHGAN HOLDA QO’LLASHNING G’O’ZA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI %D 2023 %R oai:ojs2.agroinnovatsiya.uz:article/7 %K Sug‘orish rejimi, tup qalinlik, o‘g‘itlash nisbati, hosildorlik, sifat, cheklangan dala nam sig‘imi, nam sig‘imi, yalpi, umumiy, harakatchan, azot, fosfor kaliy, gumus, iqtisodiy samaradorlik, rentabellik.