%J Journal of Universal Science Research %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9) %L arxiv50075 %I "Research Science and Innovation house" LLC %X So’nggi bir necha yil ichida dunyoni qamrab olgan energiya muammolari barcha sohalarda, shu jumladan turli xil operatsiyalarni bajarish uchun elektr energiyasini talab qiladigan jamoat ob`ektlariga ham o’z ta`sirini ko’rsatmoqda. Jamoat joylarida elektr energiyasi manbai sifatida Quyosh radiatsiyasidan foydalanish maqbul darajada amalga oshirilmagan. Ochiq ob`ektlarni an'anaviy elektr energiyasi manbalari bilan ta`minlash uzoq muddatli istiqbolda qimmat byudjet hisob-kitoblarini talab qiladi. Elektr energiyasini talab qiladigan skameykalar kabi jamoat ob`ektlarining mebel jihozlarida elektr energiyasi manbai sifatida Quyosh batareyalari (fotoelementlar)dan foydalanishni joriy etish iqtisodiy va samarali yechim bo’ladi. Shu nuqtayi nazardan, Quyosh energiyasidan ochiq ob`ektlar uchun elektr energiyasi manbai sifatida foydalanish juda muhimdir. Ushbu maqolada quyosh fotoelektrik qurilmasi asosidagi elektr quvvatlashga mo’ljallangan o’rindiqlar va ularning konstruksiyalari haqida so’z boradi. %K fotoelektrik batareya, avtonom fotoelektrik tizim, invertor, kontroller, elektr ta`minoti, qisqa tutashuv toki, kuchlanish, quvvat, aqlli o’rindiq %D 2023 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9 %T QUYOSH FOTOELEKTRIK QURILMASI ASOSIDAGI ELEKTR QUVVATLASHGA MO’LJALLANGAN O’RINDIQLAR %A Choriyeva Mahfuza Sadriddin qizi