TY - JOUR A1 - Jaxongir Normatov, Jaxongir Normatov SP - 162 VL - 2 AV - public Y1 - 2024/01/28/ N2 - Xalq dostonlari  mifologiyasida pari obrazining ko`plab turlari mavjud. Xususan, daryo, dengiz bo`yida yashovchi xalqlar mifologiyasida ?Suv parisi? , quruqlikda, cho`llarda, adir va tog`li hududlarda yashovchi xalqlar mifologiyasida ?Pari?, ?Ajina?, ?Jin?, ?Alvasti ? tarzida namoyon bo`ladi. Har bir xalq o`z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda bu obrazlarni turli xilda gavdalantiradi. Ezgulikka xizmat qiluvchi va yovuzlik urug`ini tarqatuvchi, insonlarni aldab suvga g`arq qiluvchi parilar haqida miflar to`qishgan. Bugungi kunda ham suv parilari haqidagi turli videolar internet tarmoqlari bo`ylab ko`p tarqalgan. Insonlar orasida bu hodisalarga ishonch yo`qligi aytilsa ham, ich-ichidan bu miflarning haqiqatga yaqinligiga inonch hosil qilganlar. Buning boisi azaldan xalqlar etnonimida miflarning ahamiyati juda katta bo`lganligi va aynan shu miflarga ishonib ulg`aygan xalqning ong ostidagi sezimlaridadir. O`zbek xalqi bolalarni tarbiyalashda to`polon qilmasliklari uchun turli ?Alvasti? va ?Ajina?lar haqida qo`rqinchi ertak, matallar orqali sho`x bolalarni tartibga chaqirgan. Suv bo`ylarida o`ynamasliklari uchun ularga ?Suv parisi?, ?Yalmog`iz? haqidagi miflarni aytib, yolg`iz o`zi suv bo`yiga bormaslik, kechqurunlari cho`milmaslik haqida ko`p uqtirganlar. IS - 1 JF - Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi TI - ?GO`RO`G`LI? DOSTONLARI TURKUMIDA PARI OBRAZINING TALQINI EP - 164 ID - arxiv103520 UR - https://universalpublishings.com/index.php/gumanitar/article/view/4042 ER -