<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>Inson resurslarini samarali boshqarishda raqamli texnologiyalarning o`rni. (Hokim yordamchilari misolida)</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Palvanbayev Umidbek O‘ktam o‘g‘li</mods:namePart><mods:namePart type="family">Palvanbayev Umidbek O‘ktam o‘g‘li</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Inson resurslarini boshqarish tizimlarini raqamlashtirish iqtisodiyot&amp;nbsp;tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng&amp;nbsp;joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika&amp;nbsp;iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida 2020-yil 28-&amp;nbsp;aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari&amp;nbsp;to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarori1 qabul qilindi. Qarorning 6-ilovasida&amp;nbsp;iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya&amp;nbsp;texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxatiga Inson&amp;nbsp;resurslarini boshqarish tizimi (HRMS)ni hamda xodimlar faoliyatini baholash tizimi&amp;nbsp;(KPI)ni joriy etish vazifasi qo‘yilgan. HRMS - bu xodimlarni boshqarish tizimi.&amp;nbsp;Ushbu tizim kompaniyalar o‘zlarining ichki HR funksiyalarini boshqarish uchun&amp;nbsp;foydalanadigan dasturlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Xodimlar ma’lumotlarini&amp;nbsp;boshqarishdan ish haqi, ishga olish, imtiyozlarni boshqarish, o‘qitish, HR&amp;nbsp;boshqaruvi, xodimlarni jalb qilish va ishga qatnashish kabi vazifalarni bajaruvchi&amp;nbsp;HRMS dasturi HR mutaxassislariga iste’dodlarni boshqarish bo‘yicha keng ko‘lamli&amp;nbsp;faoliyatni amalga oshirishga yordam beradi. HRMS tizimlari, shuningdek, Inson&amp;nbsp;Resurslari Axborot Tizimlari (HRIS) deb ham ataladi, chunki ular kompaniyaning&amp;nbsp;eng qimmatli resurslari haqidagi barcha ma’lumotlarni ularga muhtoj bo‘lgan&amp;nbsp;odamlarga taqdim etadi. Kechagi HR va HRIS tizimlari bugungi kunda inson&amp;nbsp;kapitalini boshqarish uchun bulutli texnologiyaga asoslangan yechimlarga&amp;nbsp;aylanmoqda.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2024-01-24</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:genre>Maqola</mods:genre></mods:mods>