Kashtachilik san’atining zamonaviy talqini: Estetik meros va dizayndagi interpretatsiya yondashuvlari

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL jurnalida nashr etilgan.

Xoʻjamurodova, Sevinch (2025) Kashtachilik san’atining zamonaviy talqini: Estetik meros va dizayndagi interpretatsiya yondashuvlari. MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning boy kashtachilik merosi zamonaviy dizayn yondashuvlari bilan uyg‘unlashgan holda tahlil qilinadi. Kashtachilik san’ati xalqning estetik didi, madaniy qadriyatlari va tarixiy tafakkurining betakror aksidir. Bugungi globallashuv va kreativ dizaynlar davrida milliy kashta naqshlarining stilizatsiyasi, interpretatsiyasi va raqamli modellashtirish orqali qayta talqin qilinishi yangi estetik shakllarni yuzaga keltirmoqda.
Maqolada Buxoro, Toshkent, Farg‘ona maktablariga xos naqsh tizimlari, ranglar uyg‘unligi va texnik yondashuvlar ko‘rib chiqilib, ularning zamonaviy moda sanoatidagi ifodasi va ahamiyati ochib beriladi. Xalqaro tajriba misolida Hindiston, Marokash, Meksika kabi mamlakatlarda milliy naqshlar orqali dizayn brendlari yaratilayotgani qayd etiladi. O‘zbekistonlik yosh dizaynerlar tomonidan milliy kashtalarni liboslar, aksessuarlar, grafik printlar va raqamli loyihalarda kreativ talqin qilinishi o‘zbek dizayn maktabining shakllanayotganini anglatadi.
Shaxsiy nuqtai nazarga ko‘ra, kashtachilik san’atining zamonaviy talqini madaniy identitetni asrash bilan birga, uni global madaniyat doirasida tanitish vositasidir. Naqshlar – bu oddiy bezak emas, balki xalq ruhining timsoli bo‘lib, ularni zamon ruhiga mos interpretatsiya qilish dizaynerlik mas’uliyatini, estetik qarash va tarixiy xotirani uyg‘unlashtirishni talab etadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Xoʻjamurodova, Sevinch
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL
Nashriyot: Research Science and Innovation House
Sana: 10 Iyul 2025
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/13201
Kalit so'zlar: kashtachilik san’ati, milliy naqshlar, zamonaviy dizayn, estetik meros, stilizatsiya, interpretatsiya, madaniy identitet, xalq amaliy san’ati, vizual tafakkur, O‘zbekiston dizayn.
Mavzular: ?? kashtachilik san’ati, milliy naqshlar, zamonaviy dizayn, estetik meros, stilizatsiya, interpretatsiya, madaniy identitet, xalq amaliy san’ati, vizual tafakkur, O‘zbekiston dizayn. ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/13201)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/91555
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]