Duschanova, G.M, Akramova, F.A. (2025) TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IDA O‘SUVCHI ALLIUM TURKUMIGA OID ALLIUM PSKEMENSE VA ALLIUM KARATAVIENSE TURLARI PIYOZBOSHI VA TUGUNAK PIYOZBOSHINING MORFO-ANATOMIK TUZILISHI. MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Mazkur maqolada Toshkent botanika bog‘ida o‘suvchi Allium turkumi endemik turlari, jumladan, Allium pskemense va Allium karataviense turlari piyozchasining anatomik tuzilishi o‘rganilgan va turga xos bo‘lgan diagnostik va adaptiv belgilar aniqlangan. Namunalar Toshkent botanika bog‘idan olingan bo‘lib, piyozchalar morfologik parametrlarga ko‘ra tahlil etildi va ularning kesmalari yorug‘lik mikroskopida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala tur piyozchasida bir nechta qog‘ozga o‘xshash quruq parda qatlamlari va ichki tomonda zich parenxima hujayralari mavjud. Allium karataviense tugunak piyozboshi pardalari qalin va sklerenxima qatlamlari bilan boy, Allium pskemense piyozboshida esa bu qatlamlar yupqa va kam rivojlangan ekanligi aniqlangan. Olingan anatomik ma’lumotlar Allium turkumi taksonomiyasida diagnostik belgi bo‘lib, mazkur belgilar Markaziy Osiyo endemik turlarining adaptiv xususiyatlarini o‘rganishda ahamiyat kasb etadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Duschanova, G.M UNSPECIFIED Akramova, F.A. UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL |
| Nashriyot: | Research Science and Innovation House |
| Sana: | 9 Iyun 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12319 |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12319) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/91388 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)