Dilnoza, Abdullayeva (2026) BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURINING O‘RNI. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida mustaqil fikrlashni rivojlantirish o‘quvchining keyingi ta’lim trayektoriyasi, o‘qishga nisbatan motivatsiyasi va ijtimoiy moslashuvchanligining poydevorini belgilaydi. Mazkur maqolada PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro baholash dasturining 4-sinf o‘quvchilari o‘qish savodxonligini baholash orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va kuchaytirishdagi imkoniyatlari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. PIRLS konsepsiyasidagi matnni tushunish jarayonlari (axborotni topish, xulosa chiqarish, mazmunni talqin qilish, matn elementlarini baholash) o‘quvchilarda dalilga tayangan fikr yuritish, mantiqiy izchillik, refleksiya va baholash kompetensiyalarini faollashtirishi asoslab beriladi. Shuningdek, PIRLS talablari bilan uyg‘unlashtirilgan dars dizayni, savol-javob texnologiyalari, metakognitiv strategiyalar va o‘qish topshiriqlarini darajalash orqali boshlang‘ich sinfda mustaqil fikrlashni maqsadli rivojlantirish mexanizmlari yoritiladi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Dilnoza, Abdullayeva UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH |
| Nashriyot: | Research Science and Innovation House |
| Sana: | 17 Yanvar 2026 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16016 |
| Kalit so'zlar: | PIRLS, o‘qish savodxonligi, mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash, metakognitsiya, matnni tushunish, inferensiya, baholash mezonlari, refleksiya, kompetensiyaviy yondashuv |
| Mavzular: | ?? PIRLS, o‘qish savodxonligi, mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash, metakognitsiya, matnni tushunish, inferensiya, baholash mezonlari, refleksiya, kompetensiyaviy yondashuv ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16016) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/89783 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)