Amanov, Xushvaqt, Yangiboyeva, Moxibonu (2025) QAYTA ISHLANGAN QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH VA LOGISTIKA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Mazkur tezisda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va ularni iste’molchigacha yetkazib berish jarayonlarida logistika tizimining ahamiyati va uni takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Tezisda O‘zbekiston sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish muddati, sifatining saqlanishi, isrof darajasi va xarajatlar tuzilmasiga logistika tizimi qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Zamonaviy saqlash usullari — sovitilgan omborlar, vakuumli va modifikatsiyalangan atmosfera ostida qadoqlash, mobil sovitkichli transportlar va agrologistika markazlarining roli keng yoritiladi. Bundan tashqari, transport zanjirini optimallashtirish, “sovuq zanjir” tamoyilini joriy qilish va raqamlashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tezisda mavjud muammolar (energiya ta’minoti, logistika xarajatlarining yuqoriligi, infratuzilma yetishmovchiligi) va ularning ilmiy asoslangan yechimlari taklif etiladi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Amanov, Xushvaqt UNSPECIFIED Yangiboyeva, Moxibonu UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi |
| Nashriyot: | Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi |
| Sana: | 12 May 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11707 |
| Kalit so'zlar: | Logistika |
| Mavzular: | ?? Logistika ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11707) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/79723 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)