Irg‘ay o‘simligining dorivor xususiyatlari

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan jurnalida nashr etilgan.

Ruziyeva, Gulsara, Turdiyev, Shohruh (2025) Irg‘ay o‘simligining dorivor xususiyatlari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada dukkakdoshlar oilasiga mansub Caragana arborescens — irg‘ay o‘simligining botanik va farmakologik xususiyatlari keng qamrovda tahlil qilingan. O‘simlikning morfologik tuzilishi, o‘sish muhiti, kimyoviy tarkibi, xalq tabobatidagi o‘rni va zamonaviy fitoterapiyadagi qo‘llanish usullari ilmiy manbalar va laboratoriya tadqiqotlari asosida o‘rganilgan. Ayniqsa, irg‘ay tarkibida uchraydigan flavonoidlar, taninlar, alkaloidlar, organik kislotalar va efir moylarining inson organizmiga terapevtik ta’siri alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, maqolada irg‘ay o‘simligidan tayyorlangan ekstraktlar, damlamalar va boshqa dorivor shakllarning antimikrob, yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, diuretik va immun tizimini faollashtiruvchi xususiyatlari klinik va eksperimental tajriba natijalari orqali asoslab berilgan. Irg‘ayning ekologik ahamiyati va tuproq eroziyasining oldini olishdagi roli ham yoritilgan.
Maqolada o‘simlik asosida tabiiy dori vositalarini ishlab chiqish imkoniyatlari, ularni farmatsevtika sanoatiga tatbiq etish istiqbollari haqida fikrlar bildirilgan. Ushbu tadqiqot natijalari irg‘ayning farmakologik salohiyatini chuqurroq ochib berib, u bilan bog‘liq kelgusi ilmiy izlanishlarga zamin yaratadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Ruziyeva, Gulsara
UNSPECIFIED
Turdiyev, Shohruh
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan
Nashriyot: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan
Sana: 14 May 2025
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11769
Kalit so'zlar: Irg‘ay, Caragana arborescens, dorivor o‘simliklar, flavonoidlar, fitoterapiya, xalq tabobati, biofaol modda.
Mavzular: ?? Irg‘ay, Caragana arborescens, dorivor o‘simliklar, flavonoidlar, fitoterapiya, xalq tabobati, biofaol modda. ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11769)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/76091
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]