Azimboyeva, Yorqinoy (2024) Boʻlgʻusi oʻqituvchilarning kommunikativ kompitentligini rivojlantirishning psixologik jihatlari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik jihatlari tahlil qilinadi. O‘qituvchilik professionalligi asosan kommunikativ qobiliyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida kommunikativ kompetentlikning asosiy komponentlari, jumladan, til ko‘nikmalari, emotsional intellekt va ijtimoiy muloqot strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Psixologik jihatlarning o‘z ichiga olgan asosiy elementlari: shaxsiy xususiyatlar (masalan, ishonch, ochiqlik), stressni boshqarish qobiliyatlari va konfliktlarni hal etish usullari hisoblanadi. Ushbu jihatlar orqali kelajakdagi o‘qituvchilarning muloqot qilish mahoratini oshirish va ularni yanada samarali pedagogik faoliyatga tayyorlash mumkin. Tadqiqot natijalari bo‘yicha kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish uchun maxsus treninglar va psixologik trening dasturlari taklif etiladi. Ushbu dasturlar bo‘lajak pedagoglarning professional rivojlanishiga hamda ta'lim jarayonidagi samaradorlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Umuman olganda, bu tadqiqot bo‘lgiushi o‘qituvchilar uchun zarur bo‘lgan psixologik ko‘nikmalarni aniqlab berib, ularning professional faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Azimboyeva, Yorqinoy UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan |
| Nashriyot: | Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan |
| Sana: | 10 Dekabr 2024 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8624 |
| Kalit so'zlar: | kommunikativ kompetensiya; empatiya; aktiv tinglash; konfliktni hal qilish; guruh dinamikasi |
| Mavzular: | ?? kommunikativ kompetensiya ?? ?? empatiya ?? ?? aktiv tinglash ?? ?? konfliktni hal qilish ?? ?? guruh dinamikasi ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8624) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/75246 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)