Qadirova, Shahnoza (2024) Bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Ushbu maqola bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganishga qaratilgan. Tibbiyot sohasida samarali faoliyat ko‘rsatish uchun hamshiralar o‘z kasbiy bilimlari, malakalari va kompetentsiyalarini rivojlantirishlari zarur. Ushbu jarayonda ijtimoiy muhit, ta'lim tizimi, oila va do‘stlar ta'siri kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, birinchidan, kasbiy kompetentlik tushunchasi va uning tarkibiy qismlari bayon etiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-psixologik omillarning bo‘lajak hamshiralar ta'limiga qanday ta'sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy muloqot, motivatsiya va shaxsiy tajribalar kabi faktorlar kasbiy kompetentlikni shakllantirishda qanday ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Natijada, ushbu tadqiqot bo‘lajak tibbiyot hamshiralarining kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishning ahamiyatini ta'kidlaydi. Maqola amaliy tavsiyalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, kelajakda tibbiyot sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Qadirova, Shahnoza UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan |
| Nashriyot: | Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan |
| Sana: | 6 Noyabr 2024 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7823 |
| Kalit so'zlar: | kasbiy kompetentlik; ijtimoiy omillar; psixologik omillar; ta'lim jarayoni; o‘qituvchilar ta'siri |
| Mavzular: | ?? kasbiy kompetentlik ?? ?? ijtimoiy omillar ?? ?? psixologik omillar ?? ?? ta'lim jarayoni ?? ?? o‘qituvchilar ta'siri ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7823) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/75046 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)