SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANIB SANOAT KORXONALARI ELEKTR YURITMASINI ISHONCHLILIGINI OSHIRISH

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi jurnalida nashr etilgan.

Xudayberdiyev, Otabek (2026) SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANIB SANOAT KORXONALARI ELEKTR YURITMASINI ISHONCHLILIGINI OSHIRISH. XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Elektr yuritmalar sanoat jarayonlarining uzluksizligini belgilovchi asosiy element bo‘lib, ularning holati bo‘yicha to‘liq va ishonchli diagnostika usullarini qo‘llash muhandislik xavfsizligining ajralmas talabi hisoblanadi. Ekspluatatsiya jarayonida yuklamalar o‘zgarishi, issiqlik rejimining buzilishi va mexanik qismlarning eskirishi oqibatida turli xil nuqsonlar vujudga keladi; ushbu jarayonlarning dinamik tabiati nosozlikni aniqlash masalasini murakkablashtiradi. Tadqiqotda elektr yuritmalarda paydo bo‘ladigan xatoliklarni fazoviy va vaqtinchalik tok o‘lchovlari orqali aniqlashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Uch fazali asinxron motorlar sanoatda eng ko‘p qo‘llanilishi sababli, aynan ular uchun tipik elektr va mexanik nosozliklarning matematik belgilari aniqlangan, amplituda-spektral xususiyatlar orqali aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan, bunda diagnostika natijalari real yuklama ostida tekshirilishi ilmiy asosga ega bo‘lishi ta’kidlanadi. Sun’iy intellektga asoslangan baholash usullarining ustunligi shundaki, ular signallarning noaniqligi va shovqin bilan buzilgan holatlarida ham yashirin bog‘lanishlarni aniqlash imkonini beradi. Shu munosabat bilan, tok signallaridan diagnostik xususiyatlarni ajratish algoritmi ishlab chiqilib, sun’iy neyron tarmoqlar yordamida nuqsonlarni sinflashtirish modeli taklif etilgan. Model kirish parametrlarining fizik mazmuni, xatoliklarni baholash ko‘rsatkichlari va aniqlik darajasi bo‘yicha izohlar talab etiladi (mavjud standartlarga havola kiritilishi lozim). Olingan natijalar elektr yuritmalarning ekspluatatsion ishonchliligi, xizmat muddati va texnik xizmat ko‘rsatish strategiyasini optimallashtirishga ta’siri nuqtai nazaridan baholangan bo‘lib, amaliy joriy etish sharoitlarida diagnostika muammolarining dolzarbligi asoslanadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Xudayberdiyev, Otabek
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Nashriyot: "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Sana: 15 May 2026
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18605
Kalit so'zlar: Elektr yuritma; suniy neyron tarmoq; Deep Lear; elektr nosozliklar
Mavzular: ?? Elektr yuritma ??
?? suniy neyron tarmoq ??
?? Deep Lear ??
?? elektr nosozliklar ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18605)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/71857
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]