Asal, Rozmetova (2025) TIBBIY BIZNESDA PROFESSIONAL JAVOBGARLIK SUG‘URTASI HUQUQIY MEXANIZMINI RIVOJLANTIRISH. International conference on multidisciplinary science.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Ushbu tadqiqot tibbiy biznesda professional javobgarlik sug‘urtasi huquqiy mexanizmini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. O‘zbekistonda shifokorlar va tibbiy tashkilotlar uchun majburiy professional javobgarlik sug‘urtasi hali joriy etilmagan, mavjud ixtiyoriy polislar esa cheklangan qoplama doirasiga ega bo‘lib, ma’naviy zararni qoplashni nazarda tutmaydi. Bu holat bemorlarning huquqiy himoya darajasini pasaytiradi hamda tibbiy xodimlar uchun yuqori moliyaviy xatarlarni keltirib chiqaradi. Yirik sug‘urta kompaniyalari («Uzbekinvest», «Kafolat» va boshqalar) mahsulotlari tahlil qilinib, ularning amaldagi cheklovlari aniqlangan. Xalqaro tajriba (AQSH, Yevropa Ittifoqi, Qozog‘iston) bilan qiyosiy tahlil mamlakatda majburiy professional javobgarlik sug‘urtasini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Shu orqali bemorlar va tibbiy jamoa manfaatlari o‘rtasida muvozanat ta’minlanishi hamda sog‘liqni saqlash tizimiga ishonch oshishi mumkin.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Asal, Rozmetova UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | International conference on multidisciplinary science |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 1 Oktabr 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5081 |
| Kalit so'zlar: | tibbiy xodimlar va tashkilotlarning professional javobgarlik sugʻurtasi, tibbiy tadbirkorlik, sogʻliqni saqlash, zararni qoplash, maʼnaviy zarar, Oʻzbekiston, xalqaro tajriba. |
| Mavzular: | ?? tibbiy xodimlar va tashkilotlarning professional javobgarlik sugʻurtasi, tibbiy tadbirkorlik, sogʻliqni saqlash, zararni qoplash, maʼnaviy zarar, Oʻzbekiston, xalqaro tajriba. ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5081) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/69357 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)