Eraliyevna, Nazarova Dilnoza, qizi, Sobirova Ro’zaxon Botir (2025) Taraqqiyot Strategiyasi Doirasida Maktabgacha katta yoshdagi (5-7 yosh) bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Ushbu maqola bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan maktabgacha ta’lim sohasida ham shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini yoritadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi 2022–2026-yillar uchun Taraqqiyot strategiyasi”da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, bolalarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda har tomonlama yetuk shaxs tarbiyalash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu bois maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi bugungi kunda nafaqat pedagogik, balki strategik ahamiyatga ega masalaga aylangan.
Ijodiy qobiliyat bu shaxsning yangi, original g‘oya, fikr yoki mahsulot yaratish salohiyati bo‘lib, unda tafakkur, tasavvur va hissiy faoliyat birgalikda ishtirok etadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu qobiliyat asosan o‘yin, rasm, qo‘shiq, hikoya to‘qish, dramatizatsiya va konstruktorlik faoliyatlari orqali shakllanadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Eraliyevna, Nazarova Dilnoza UNSPECIFIED qizi, Sobirova Ro’zaxon Botir UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Multidisciplinary Journal of Science and Technology |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 18 Noyabr 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5729 |
| Kalit so'zlar: | Taraqqiyot strategiyasi; Maktabgacha ta’lim; Katta yoshdagi bolalar; Bolalar ijodkorligi; Ijodiy qobiliyat |
| Mavzular: | ?? Taraqqiyot strategiyasi ?? ?? Maktabgacha ta’lim ?? ?? Katta yoshdagi bolalar ?? ?? Bolalar ijodkorligi ?? ?? Ijodiy qobiliyat ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5729) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/63661 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)