EKSPORTGA YO’NALTIRILGAN SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YO’NALISHLARI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Universal Science Research jurnalida nashr etilgan.

Odina, Rashidova (2026) EKSPORTGA YO’NALTIRILGAN SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YO’NALISHLARI. Journal of Universal Science Research.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning zamonaviy konseptual mexanizmlari nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganilgan. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi, raqamli texnologiyalarning jadal joriy etilishi va xalqaro qiymat zanjirlarining murakkablashuvi sharoitida raqobat ustunligi endilikda ishlab chiqarish hajmiga emas, balki innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, bilimga asoslangan boshqaruv hamda moliyaviy moslashuvchanlikning uyg‘un tizimiga bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Janubiy Koreyaning davlat–xususiy sheriklikka asoslangan innovatsion modeli, Germaniyaning “Industry 4.0” raqamli transformatsiya tajribasi hamda Turkiyaning eksportga yo‘naltirilgan sanoat klasterlash amaliyoti O‘zbekiston sharoitiga mos samarali yo‘nalishlar sifatida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan ko‘p omilli regressiya modeli raqobatbardoshlikni oshirishda innovatsion rivojlanishning yetakchi o‘rinda ekanini, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish esa ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada mustahkamlashini tasdiqlaydi. Ushbu ilmiy natijalar asosida texnoparklar va ilmiy innovatsion markazlar tarmog‘ini kengaytirish, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, hududiy eksport klasterlarini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston sanoatining yuqori qo‘shilgan qiymatli, ekologik barqaror va global raqobatbardosh rivojlanishini ta’minlaydi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Odina, Rashidova
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Universal Science Research
Nashriyot: "Research Science and Innovation house" LLC
Sana: 28 Mart 2026
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16952
Kalit so'zlar: : sanoat korxonalari, raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, eksport klasterlash, “yashil” sanoat.
Mavzular: ?? : sanoat korxonalari, raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, eksport klasterlash, “yashil” sanoat. ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16952)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/62465
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]