HOMILADOR AYOLLARDA TORCH-INFEKSIYALARNI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISH

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Universal Science Research jurnalida nashr etilgan.

qizi, Olloyorova Barno To‘lqin, qizi, Olloyorova Barno To‘lqin (2025) HOMILADOR AYOLLARDA TORCH-INFEKSIYALARNI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISH. Journal of Universal Science Research.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

TORCH-kompleks (Toxoplasmosis, Others — zaxm, Varicella-Zoster, Human Parvovirus B19, Rubella, Cytomegalovirus, Herpes simplex virus) homilador ayollarda bachadon ichi infeksiyasi va perinatal asoratlarning asosiy sabablaridan biridir. Bu infeksiyalar ko‘pincha klinik jihatdan simptomsiz kechadi, biroq homila uchun xavfli oqibatlarga — abort, o‘lik tug‘ilish, tug‘ma anomaliyalar va markaziy nerv tizimi shikastlanishlariga olib kelishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 2 milliondan ortiq yangi tug‘ilgan chaqaloq TORCH-kompleksga kiruvchi infeksiyalar oqibatida turli darajadagi tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘iladi. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa issiq iqlimli hududlarda (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro) TORCH-infeksiyalar tarqalishi yuqori bo‘lib, prenatal skrining va immunoprofilaktika tizimlarini kuchaytirish zarur. Erta aniqlashda serologik tahlillar (IgM, IgG, avidity testi), PZR diagnostika va ultratovush nazorati asosiy ahamiyatga ega. Profilaktika esa emlash, sanitariya-madaniyatni oshirish, homiladorlikka tayyorgarlik davrida TORCH-tahlillarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
qizi, Olloyorova Barno To‘lqin
UNSPECIFIED
qizi, Olloyorova Barno To‘lqin
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Universal Science Research
Nashriyot: "Research Science and Innovation house" LLC
Sana: 20 Noyabr 2025
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14566
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14566)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/60477
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]