Xudoyberdiyeva, Ug‘iloy (2024) BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURLARINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV. Journal of Universal Science Research.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Ushbu maqolada tafakkur va tafakkur shakllari haqida qisqacha ma’lumot berilgan hamda bir necha psixologlarning fikrlari bayon etildi. Shuningdek, matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishda mantiqiy masalalarni qo‘llash orqali bolalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishga doir 1-sinf matematika darsidan 1 soatlik dars ishlanma ham keltirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurlarini shakllantirish ta’lim jarayonining muhim komponentidir. Mantiqiy tafakkur nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini kengaytirishga, balki ularni ongli ravishda fikrlashga, tahlil qilishga va mustaqil xulosa chiqarishga o‘rgatishga yordam beradi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurlarini shakllantirishda psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Psixologik yondashuvlar yordamida o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning usullari, metodlari va asosiy tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologik xususiyatlar va pedagogik yondashuvlar mantiqiy tafakkur shakllanishida qanday rol o‘ynashi tahlil qilinadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Xudoyberdiyeva, Ug‘iloy UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Journal of Universal Science Research |
| Nashriyot: | "Research Science and Innovation house" LLC |
| Sana: | 17 Noyabr 2024 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8042 |
| Kalit so'zlar: | Tafakkur, tafakkur shakllari, tushuncha, hukm, xulosa, tahlil qilish, umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish, fikrlash, mantiqiy masala, sonli bog‘lanish. |
| Mavzular: | ?? Tafakkur, tafakkur shakllari, tushuncha, hukm, xulosa, tahlil qilish, umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish, fikrlash, mantiqiy masala, sonli bog‘lanish. ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8042) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/57898 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)