POLIFARMATSIYA VA DORI–DORI O‘ZARO TA’SIRLARI: KLINIK XAVFLAR, PROFILAKTIKA VA DORI KO‘RIB CHIQISH (MEDICATION REVIEW) ALGORITMLARI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab South Aral Region Medical Journal jurnalida nashr etilgan.

Qurbonova, Gulnoza, Kibriyeva, Maxfirat (2026) POLIFARMATSIYA VA DORI–DORI O‘ZARO TA’SIRLARI: KLINIK XAVFLAR, PROFILAKTIKA VA DORI KO‘RIB CHIQISH (MEDICATION REVIEW) ALGORITMLARI. South Aral Region Medical Journal.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Polifarmatsiya (odatda 5 va undan ortiq dori vositasini bir vaqtda qabul qilish) ko‘p kasallikli bemorlarda klinik natijalarni yaxshilashi mumkin, biroq u dori–dori o‘zaro ta’sirlari (DDI), nojo‘ya dori reaksiyalari, dori xatolari, adherens pasayishi hamda davolash xarajatlarining ortishi bilan bog‘liq xavflarni sezilarli oshiradi. Ayniqsa, keksa yosh, buyrak/jigar funksiyasi pasayishi, tor terapevtik oraliqli preparatlar (antikoagulyantlar, antiaritmiklar va boshqalar) qabul qilinishi hamda OTC/fitopreparatlar qo‘shilishi klinik ahamiyatli DDI ehtimolini kuchaytiradi. Ushbu tahliliy maqolada polifarmatsiyaning asosiy sabablari va “o‘rinli” hamda “muammoli” polifarmatsiya tushunchalari yoritiladi; farmakokinetik (CYP fermentlari, P-gp, absorbsiya va eliminatsiya o‘zgarishi) va farmakodinamik (qon ketish, giperkalemiya, sedatsiya/yiqilish, QT oralig‘i uzayishi) o‘zaro ta’sir mexanizmlari tizimlashtiriladi. Shuningdek, xavfni kamaytirish uchun dori yarashtirish (medication reconciliation), strukturali dori ko‘rib chiqish (medication review), skrining mezonlari (Beers, STOPP/START) hamda “Avoid–Adjust–Monitor” tamoyiliga asoslangan amaliy boshqaruv algoritmi taklif etiladi. Maqola yakunida individual depreskribing yondashuvi va monitoring orqali polifarmatsiya xavfsizligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Qurbonova, Gulnoza
UNSPECIFIED
Kibriyeva, Maxfirat
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: South Aral Region Medical Journal
Nashriyot: South Aral Region Medical Journal
Sana: 14 Fevral 2026
DOI / ID: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/309
Kalit so'zlar: polifarmatsiya; dori–dori o‘zaro ta’siri; nojo‘ya dori reaksiyasi; dori xavfsizligi; medication reconciliation
Mavzular: ?? polifarmatsiya ??
?? dori–dori o‘zaro ta’siri ??
?? nojo‘ya dori reaksiyasi ??
?? dori xavfsizligi ??
?? medication reconciliation ??
Eslatma: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/309)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/52602
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]