Masharipova, Saboxat, Babadjanova, Shoira (2026) BARIATRIK JARROHLIKDAN KEYINGI GEMATOLOGIK KO‘RSATKICHLARNI O`ZIGA XOS XUSUSYATLARI. South Aral Region Medical Journal.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Bariatrik jarrohlik og‘ir semizlikni davolashda samarali usul bo‘lishiga qaramay, operatsiyadan keyingi davrda metabolik va gematologik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar ko‘pincha klinik belgilar paydo bo‘lishidan oldin laborator ko‘rsatkichlar darajasida aniqlanadi. Ayniqsa eritrotsitar indekslarning dinamikasi mikrotsitar va gipoxrom anemiya shakllanishining erta belgilarini baholashda muhim ahamiyatga ega.Mazkur tadqiqot bariatrik jarrohlikdan so‘ng gematologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Surgeland klinikasida 2025-yilda bariatrik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan 120 nafar bemorni qamrab oldi. Barcha bemorlarda umumiy qon tahlillari jarrohlikdan oldin va jarrohlikdan keyin bir xil sharoitlarda o‘tkazildi. Gemoglobin, gematokrit, eritrotsit rang ko‘rsatkichi, o‘rtacha eritrotsit hajmi, eritrotsitdagi gemoglobinning o‘rtacha miqdori hamda eritrotsitlar o‘lchamlarining taqsimlanish kengligi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.Olingan natijalar bariatrik jarrohlikdan keyingi davrda eritrotsitar indekslar darajasida muhim o‘zgarishlar yuzaga kelishini ko‘rsatadi hamda mikrotsitar tendensiyalarni erta aniqlashda laborator monitoringning ahamiyatini tasdiqlaydi
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Masharipova, Saboxat UNSPECIFIED Babadjanova, Shoira UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | South Aral Region Medical Journal |
| Nashriyot: | South Aral Region Medical Journal |
| Sana: | 8 Fevral 2026 |
| DOI / ID: | oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/215 |
| Kalit so'zlar: | Bariatrik jarrohlik; Gematologik ko‘rsatkichlar; Eritrotsitar indekslar; Mikrotsitar tendensiyalar; Gemoglobin |
| Mavzular: | ?? Bariatrik jarrohlik ?? ?? Gematologik ko‘rsatkichlar ?? ?? Eritrotsitar indekslar ?? ?? Mikrotsitar tendensiyalar ?? ?? Gemoglobin ?? |
| Eslatma: | Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/215) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/52178 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)